softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Batafsil o'qish:

Shaharlar orasidagi masofa - 10 ming kilometrdan oshiq, yo‘lga ketadigan vaqt - 8 kun. Chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin.

Foto: RIA Novosti

Rossiya temiryo‘llari besh yillik uzilishdan keyin Pxenyan va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar qayta tiklanishini e’lon qildi. Moskva—Pxenyan poyezdlari 17 iyundan boshlab bir oyda ikki marotaba harakatlanadi.

Qayd etilishicha, bu dunyodagi eng uzun «peresadkasiz» poyezd yo‘nalishi bo‘ladi: shaharlar o‘rtasidagi masofa — 10 ming kilometrdan oshiq, yo‘lga ketadigan vaqt — 8 kun. Poyezd Xasan, Ussuriysk, Xabarovsk, Chita, Irkutsk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Omsk, Yekaterinburg, Kirov va Kostroma stansiyalarida to‘xtashni amalga oshiradi.

Chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilish mumkin. Poyezd Moskvadan har oyning 12 va 26, Pxenyandan esa oyning 3 va 17-sanalarida yo‘lga chiqadi. Yo‘lovchilar Shimoliy Koreya temiryo‘llariga tegishli kupe vagonlarda tashiladi. Rossiya KXDR bilan temiryo‘l qatnovlarini 2020 yilning fevralida koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatgan edi. Unga qadar Moskvaga chipta narxi (bir tomonga) 26 ming rubl atrofida bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya temiryo‘llari 19 iyundan Pxenyan—Xabarovsk yo‘nalishida ham qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu ikki shahar o‘rtasidagi poyezdlar oyda bir marotaba harakatlanadi. Yo‘lga ketadigan vaqt 2 sutkadan oshiq.

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi temiryo‘l qatnovlari 2024 yil dekabrda tiklangan edi. Birinchi poyezd Xasandan Tumanganga yo‘l olgan. Yanvar oyida hukumatlar Vladivostok—Xasan—Tumangan—Rajin yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi reysi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, rossiyaliklar KXDRning shimoliy sohillaridagi yangi «Vonsan-Kalma» kurort majmuasiga tashrif buyura olishlari uchun Vladivostok—Vonsan yo‘nalishini ham ochish rejalashtirilgan. 150 ta binoni o‘z ichiga olgan dunyodagi eng katta plyaj zona joriy yozda ochilishi kerak.