softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Rossiyada maktabga qabul qilinmagan 300 ming migrant bolalari borligi ma’lum qilindi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Rossiyada maktabga qabul qilinmagan 300 ming migrant bolalari borligi ma’lum qilindi

Batafsil o'qish:

RF ta’lim muassasalariga qabulni nazorat qiluvchi yangi qonun kuchga kirganidan keyin, mamlakatga kelgan migrantlarning farzandlarini faqat 4 foizi maktablarga qabul qilingan.

Foto: TASS

Rossiya hududida rasman ta’lim muassasalarida ro‘yxatga olinmagan 300 mingdan ortiq voyaga yetmagan migrantlar mavjud. Bu haqda RF ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Igor Zubov ma’lum qildi.

10 iyun kuni Rossiya Davlat dumasidagi chiqishi davomida u mamlakatda jami 638 mingdan ortiq migrant bolalar borligini va ularning soni kamayib borayotganini ma’lum qildi. «Ularning aksariyati o‘qimasligi, menimcha, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo aftidan, qandaydir sabablarga ko‘ra, ularning yarmiga yaqini bekor yuribdi», — deydi Zubov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada 80 mingdan ortiq chet ellik voyaga yetmagan bola bor. Ularning 25 ming nafarigina o‘qiydi.

Oldinroq o‘tgan ikki oy ichida — Rossiya ta’lim muassasalariga qabulni nazorat qiluvchi yangi qonun kuchga kirganidan keyin, mamlakatga kelgan migrantlarning farzandlarini faqat 4 foizi maktablarga qabul qilingani ma’lum bo‘lgandi.

Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, 22 may holatiga ko‘ra, bilim tekshiruvidan o‘tishga atigi 498 nafar ariza beruvchi ruxsat olgan — bu umumiy murojaat qilgan (2868 nafar) shaxslarning 17 foizini tashkil etadi.

Seshanba kuni Davlat dumasi chet elliklarning farzandlari maktablarga qabul qilinmagan taqdirida ularni ro‘yxatga olish va nazorat qilishga oid qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Qonun loyihasiga ko‘ra, ta’lim boshqaruvi organlari majburiy tartibda migrant bolalar haqidagi ma’lumotlarni Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari bilan almashishi ko‘zda tutilmoqda.

2021 yil holatiga ko‘ra, Rossiya maktablarida tahsil olayotgan xorijlik bolalar soni taxminan 140 ming nafarni tashkil etgan.