softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Donald Trampning Illinoys shtatidagi praymerizda qatnashishi taqiqlandi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Donald Trampning Illinoys shtatidagi praymerizda qatnashishi taqiqlandi

Batafsil o'qish:

Chorshanba kuni Illinoys sudyasi AQSh Kongressi ishg‘ol qilinganini asos qilib, sobiq prezident Donald Trampni respublikachilarning praymerizida shtatdagi asosiy saylov byulletenidan chetlatish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Qaror Kuk okrugi tuman sudi tomonidan chiqarilgan. Illinoysdagi praymeriz 19 martga belgilangan.

Sudya Treysi Porterning buyrug‘iga ko‘ra, uning ismi 2021 yil 6 yanvardagi tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun saylov byulletenidan olib tashlanishi kerak.

Trampning saylovoldi kampaniyasi qarorni tanqid qilib, uni “konstitusiyaga zid” deb atadi va ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda. Sudya Porter ham Demokratik partiya a’zosi bo‘lganligi uchun noxolislikda ayblangan.

Illinoys Donald Trampga praymerizda qatnashishni taqiqlagan uchinchi shtatdir. Shunga o‘xshash qarorlar Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan.

Har bir holatda Konstitusiyaning 14-moddasi keltirilib, unga ko‘ra, Konstitusiyaga qasamyod qilgan va “fitnachilik bilan shug‘ullangan” shaxs davlat lavozimini egallashi mumkin emas. Unda bu qoida prezidentlarga taalluqli yoki yo‘qligi aniqlanmagan.
Manba: www.aniq.uz