softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news

Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

Batafsil o'qish:

Ular chegaradan chiqib ketdi, deb yozdi Ilon Mask.

Foto: AP

Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘tgan hafta o‘zaro janjalga sabab bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi bayonotlaridan afsusda ekanini aytdi.

«O‘tgan hafta prezident Donald Tramp haqidagi ayrim postlarimdan afsusdaman. Ular chegaradan chiqib ketdi», deb yozdi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida. Ammo qaysi postlari ekaniga aniqlik kiritmadi.

Milliarder va prezident o‘rtasidagi mojaro tadbirkor hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) boshlig‘i lavozimini tark etganidan so‘ng darhol yuzaga keldi.

Boshqa narsalar qatorida u prezident tomonidan imzolangan budjet loyihasini «jirkanch» deb atadi. Tramp bunga javoban tadbirkor aqldan ozganini va Maskning kompaniyalari bilan hukumat shartnomalarini bekor qilish bilan tahdid etganini aytdi.

Mask barcha Crew Dragon kemalari parvozini to‘xtatib qo‘yishga va’da berdi, lekin tez orada fikrini o‘zgartirdi. Milliarder, shuningdek, prezidentning jinsiy jinoyatda ayblangan moliyachi Jyeffri Epshteyn ishiga aloqadorligini da’vo qildi, ammo tez orada bu postni o‘chirib tashladi.