EIda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yangi muvofiqlashtiruvchi tayinlandi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Niderlandiyalik diplomat Bartyan Vegter Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurash muvofiqlashtiruvchisi (EU Counter-Terrorism Coordinator) etib tayinlandi.
Uning besh yillik vakolati 2024 yil 1 martdan boshlanadi. B.Vegter ushbu lavozimda 2021 yil oktyabr oyidan beri ishlab kelayotgan Ilkku Salmi o‘rnini egalladi.
2004 yil 11 martda Madriddagi teraktlardan so‘ng Yevropa Kengashi Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi lavozimini tashkil etishga qaror qildi. Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurash muvofiqlashtiruvchisi Yevropa Ittifoqi doirasida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, terrorizmga qarshi kurash strategiyasini amalga oshirish va baholashni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurashning ichki va tashqi jihatlarini integrasiyalash hamda Yevropa Ittifoqi va uchinchi tomonlar o‘rtasidagi aloqani yaxshilash uchun javobgardir.
Bartyan Vegter - Niderlandiya Qirolligining NATOdagi Doimiy Vakolatxonasida Muxtor vazir lavozimida ishlagan katta diplomat. Leyden universiteti va Yevropa kollejini tamomlagan B.Vegter o‘zining 25 yillik diplomatik faoliyati davomida ko‘p tomonlama siyosat va xavfsizlik sohasida turli lavozimlarda ishlagan.
Manba: www.aniq.uz