Xorazm viloyatida rejalashtirilgan investisiya loyihalari taqdimot qilindi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Viloyatda chet ellik investorlar bilan hamkorlikda mashinasozlik, shaharsozlik, kimyo, to‘qimachilik, qurilish materiallari, tibbiyot, oziq-ovqat kabi muhim tarmoqlarda umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik o‘nlab loyihalar ishlab chiqilgan. Taqdimotda shundan umumiy qiymati 660 million dollardan ziyod 18 ta loyiha haqida axborot berildi.
Xususan, yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish kabi loyihalar hudud iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shib, minglab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli. Mehmonxona, shifoxona, ko‘ngilochar maskanlar va yo‘llar qurish, ekoturizmni va baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar aholi farovonligi oshishiga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari ularning tashabbuskorlari bo‘lgan chet ellik investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Loyihalarning iqtisodiy samaradorligi haqida fikr almashilib, ularni jadallashtirish, tadbirkorlarga qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Manba: www.aniq.uz