Xorazm viloyatida yirik gaz-kimyo loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Xorazm viloyatiga tashrifning birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligi, "O‘zkimyosanoat" AJ va yirik xorijiy investisiya kompaniyasi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Xorazm viloyatida umumiy investisiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish o‘rni yaratishi kutilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati - 2024-2028 yillar.
Loyiha gaz-kimyo tarmog‘i rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi va Yangi O‘zbekiston sanoatining flagmanlaridan biriga aylanadi.
Manba: www.aniq.uz