softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

O‘zbekiston – Xitoy – Qirg‘iziston hukumatlari delegasiyalarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

O‘zbekiston – Xitoy – Qirg‘iziston hukumatlari delegasiyalarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Batafsil o'qish:

Joriy yilning 1 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahrida O‘zbekiston – Xitoy – Qirg‘iziston hukumatlari delegasiyalarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Xitoy Xalq Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining muhim iqtisodiy hamkorlari hisoblanadi.

Mamlakatimizning Xitoy va Qirg‘iziston bilan tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga o‘sib bormoqda.

Xitoy va qirg‘izistonlik hamkorlarimiz bilan birgalikda transport-logistika, energetika, sanoat kooperasiyasi, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida salmoqli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida qurilishi rejalashtirilgan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l liniyasi mintaqamizni Xitoy bilan bog‘laydigan eng qisqa muqobil yo‘l ekani qayd etildi.
Manba: www.aniq.uz