softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Abdulla Aripov Xitoy safarida bo‘ldi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Abdulla Aripov Xitoy safarida bo‘ldi

Batafsil o'qish:

Joriy yilning 29 fevral – 1 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar qildi.

“Tashrif doirasida 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi”, – deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona hamda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, 1 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahrida O‘zbekiston – Xitoy – Qirg‘iziston hukumatlari delegasiyalarining uch tomonlama uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan.

“Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy ishtirok etdi”, – deyilgan.

Unda, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida qurilishi rejalashtirilgan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘l liniyasi mintaqamizni Xitoy bilan bog‘laydigan eng qisqa muqobil yo‘l ekani qayd etilgan.
Manba: www.aniq.uz