Shuhrat Abdurahmonov o‘zini viloyatning otasi deb atadi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yoshlar bilan uchrashuvida hokim viloyatning otasi ekanini ma’lum qildi.
«Bilinglar, men o‘tirgan lavozim, viloyat hokimi — viloyatning otasi degani. Shuning uchun aytaman: Andijonning qizlari mening qizlarim, bolalari – mening bolalarim. Bugundan boshlab hammang bilan ota-bola tutinamiz», degan Abdurahmonov. Bu haqda Xabar.uz yozmoqda.
Hokimlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda qizil toifadagi 36 nafar yoshlar ishtirok etishib, ularning mavjud muammolarini hal etish va alohida qo‘llab-quvvatlash ishlarini shaxsan viloyat hokimining o‘zi zimmasiga olgan.
Manba: www.aniq.uz