Baxtiyor Saidov Slovakiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Antaliya shahrida Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Antaliya diplomatik forumi doirasida Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar janoblari bilan konstruktiv uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralarimizda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari hamda yaqin kelajakka oid rejalarni muhokama qildik. Turli darajalarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligimizni ma’lum qildik".
Manba: www.aniq.uz