Baxtiyor Saidov Peter Siyyarto bilan uchrashdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Antaliya shahrida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligini nishonlar ekanmiz, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto janoblari bilan barcha sohalardagi O‘zbekiston-Vengriya aloqalarini muhokama qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zaro hamkorligimizda salmoqli yutuqlarga erishildi, yaqin kelajakda bizni, ayniqsa, iqtisodiy sohada yangi yutuqlar kutmoqda".
Eslatib o‘tamiz, 1992 yil 3 mart kuni Budapesht shahrida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida protokol imzolangan edi.
Manba: www.aniq.uz