softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Qatar Sammiti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Qatar Sammiti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda

Batafsil o'qish:

Xabar berganimizdek, Qatar poytaxti Doxada bo‘lib o‘tgan xalqaro texnologiyalar konferensiyasida O‘zbekistonlik IT soxasi mutaxassislari faol ishtirok etishdi.

“Web Summit Qatar 2024 “ texnologik tadbiri doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegasiyasi vakillari Invest Qatar, Qatar Investment Authority, Qatar Development Bank, Hamad Bin Khalifa University, Qatar Research, Development and Innovation Council (QRDI) kabi nufuzli kompaniyalar rahbarlari va investorlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning IT sohasidagi imkoniyatlar tanishtirilib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatichlarga erishish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonning IT-mutaxassislar salohiyati hamda biznes jarayonlarini autsorsing qilish yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha yaratib berilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi va hamkorlikka taklif etildi.

Uchrashuvlar yakunida Qatarning yirik IT kompaniyalari va investorlari, mamlakatimizning IT salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, O‘zbekistonga taklif etildi.

Sammit doirasida “The Gulf Organisation for Research and Development” (GORD) raisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda IT yo‘nalishidagi startap va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizga investisiyalarni jalb qilish hamda yosh IT-mutaxassislarni xalqaro kompaniyalarga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Manba: www.aniq.uz