Baxtiyor Saidov Antaliyada Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Antaliyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblarini Antaliya diplomatik forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi munosabati bilan tabrikladik, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. — Uchrashuvimiz kun tartibidan bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar, madaniyat va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmonlik almashinuvi uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik masalalari o‘rin oldi".
Manba: www.aniq.uz