Rossiya fevral oyi boshidan beri 15 ta samolyotini yo‘qotdi — Ukraina prezidenti
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
"Biz shu haftaning o‘zida Rossiyaning yettita harbiy samolyotini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldik. Bular bombalarni tashlab, odamlarni o‘ldiradiganlar. Fevral oyi boshidan beri Rossiya 15 ta harbiy samolyotini yo‘qotdi. Bu ularning yo‘qotishlarining to‘g‘ri dinamikasi", — deya ma’lum qildi Zelenskiy videomurojaatida.
Ukraina Qurolli kuchlari fevral oyining oxirgi ikki haftasi ichida Rossiyaning 13 ta jangovar samolyotini urib tushirganini e’lon qilgandi. Bu urushning oldingi oylariga qaraganda ancha ko‘p.
Rossiya tomoni odatda yo‘qotishlari haqidagi xabarlarni tasdiqlamaydi.
Manba: www.aniq.uz