softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

NATO Albaniyada G‘arbiy Bolqondagi birinchi bazasini ochdi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

NATO Albaniyada G‘arbiy Bolqondagi birinchi bazasini ochdi

Batafsil o'qish:

NATO tashkilotining G‘arbiy Bolqondagi birinchi aviabazasi Albaniyada ish boshladi. U Kuchova shahridagi modernizasiya qilingan harbiy aerodromda joylashgan.

Sobiq sovet aviabazasida qiruvchi samolyotlar joylashadi. Shuningdek, u o‘quv poligoni bo‘lib ham xizmat qiladi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama 2005 yildan beri foydalanilmayotgan eski aerodromning modernizasiya qilinishini olqishladi.

«Ushbu baza G‘arbiy Bolqon mintaqasi xavfsizligiga qo‘shilgan yana bir hissa. Bilamizki, ushbu hududga Rossiyaning imperialistik ambisiyalari tahdid qilmoqda», dedi u.

Ochilish marosimidan so‘ng aviabazaga to‘rtta qiruvchi samolyot qo‘ndi: Italiyadan ikkitadan F-16 va F-35.

NATO bazani ta’mirlash uchun 50 million yevroga yaqin sarmoya kiritgan, Albaniya hukumati 5 million yevro sarflagan. Albaniya 2009 yildan beri NATO a’zosi hisoblanadi.
Manba: www.aniq.uz