AQSh Kongressi delegasiyasi Tayvanga tashrif buyurdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Mayk Gallaxer boshchiligidagi AQSh Kongressi delegasiyasi Tayvanga tashrif buyurdi, deb xabar beradi NBC News.
M. Gallaxer – Vakillar palatasining Xitoy bilan raqobat bo‘yicha maxsus qo‘mitasi rahbari. Delegasiya tarkibida Xitoy qo‘mitasining to‘rt nafar kongressmenlari ham bor: Raja Krishnamurti, Jon Mulenaar, Dasti Jonson va Set Moulton.
Delegasiya Tayvan Prezidenti Say Inven va o‘tgan oy prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan va may oyida lavozimga kirishadigan vise-prezident Lay Sinde bilan uchrashishi kutilmoqda.
Shanba kuniga qadar davom etadigan safar davomida AQSh delegasiyasi Tayvanning yuqori martabali rahbarlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashib, hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik, savdo va sarmoyani muhokama qiladi.
Tayvanning maqomi – Pekin va orol bilan rasmiy aloqalari yo‘q, lekin uning xalqaro miqyosdagi eng muhim yordamchisi Vashington o‘rtasidagi munosabatlardagi eng bahsli masalalardan biri hisoblanadi.
Pekin xorijlik qonunchilarning orolga tashrifini provokasiya va uning ichki ishlariga aralashish deb biladi.
Manba: www.aniq.uz