Sergey Shoygu: NATOning harbiy salohiyatini oshirish Rossiyani harakatga keltirdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, NATOning mamlakat chegaralari yaqinida harbiy salohiyati ortishi Rossiyani o‘zining strategik yo‘nalishlarida harbiy guruhlarni kuchaytirishga majbur qilgan.
Bu haqda u xizmat yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi «Report».
«Biz shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy strategik yo‘nalishlarda qo‘shin tuzilmalarini mustahkamlash choralarini ko‘rdik», — dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, bungacha NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer alyans Rossiya bilan urushga tayyor ekanini aytgan edi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriosning aytishicha, Rossiya va Alyans o‘rtasida urush yaqin yillarda boshlanishi mumkin. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Rossiya bilan urushning oldini olishga harakat qilayotganini aytdi.
Manba: www.aniq.uz