softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Isroil BMTdagi doimiy vakilini chaqirtirib oldi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Isroil BMTdagi doimiy vakilini chaqirtirib oldi

Batafsil o'qish:

Isroil BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdanni «zudlik bilan maslahatlashish uchun» chaqirtirib oldi. Bu haqda 4 mart, dushanba kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishni 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga hujum paytida HAMAS jangchilari tomonidan sodir etilgan ko‘plab jinsiy zo‘ravonlik harakatlari haqida jahon tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hisobotni o‘chirishga urinayotganlikda aybladi.

«Birlashgan Millatlar Tashkilotining oxirgi hisobotida HAMAS 7 oktyabr kuni sodir etilgan harakatlari, jumladan, zo‘rlash va boshqa tizimli jinsiy jinoyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Biroq, rais (BMT bosh kotibi) jim. Antoniu Guterrish, harakat qilish vaqti keldi. HAMAS butun dunyoda terrorchi tashkilot sifatida tan olinishi, uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarni esa terrorizm homiylari deb atash kerak», — deb yozdi Kas X ijtimoiy tarmog‘ida.

Gilad Erdanning o‘zi holat haqida shunday dedi: «Birlashgan Millatlar Tashkilotiga HAMAS hujumi paytida sodir etilgan jinsiy jinoyatlarni nihoyat tan olishi uchun besh oy vaqt kerak bo‘ldi. Endi G‘azo sektorida garovga olinganlarga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy zo‘ravonlik haqida hisobot paydo bo‘lganidan keyin, sharmandali sukunat hukm surmoqda. BMT bu mavzuda birorta ham muhokama o‘tkazmagan».

Ayni paytda, BMT bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik o‘z xo‘jayini go‘yo hisobotni o‘chirishga uringani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Aksincha, uning so‘zlariga ko‘ra, Guterrish BMTning mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakil Pramila Patten boshchiligida ishlangan hujjat loyihasini «to‘liq qo‘llab-quvvatladi».




Manba: www.aniq.uz