43 davlat Navalniy bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Rossiya muxolifatchi siyosatchisi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etgach, 40 dan ortiq davlat fojia holatlarini mustaqil tekshirishga chaqirdi. Rossiya hukumati uning to‘satdan o‘limi yuzasidan mustaqil va shaffof xalqaro tergov o‘tkazish imkoniyatini ta’minlashi kerak, dedi 4 mart, dushanba kuni YEIning Jenevadagi xalqaro tashkilotlarda vakili Lotte Knudsen.
BMT Inson huquqlari kengashida so‘zlagan u Navalniyning o‘limi uchun asosiy javobgarlikni Rossiya rahbariyati zimmasiga yukladi. «Rossiyadagi muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning o‘limidan g‘azabdamiz, buning uchun asosiy mas’uliyat Rossiya rahbariyati zimmasiga tushadi», — dedi Knudsen 43 davlat, jumladan, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Britaniya, Ukraina, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Norvegiya nomidan gapirar ekan.
Diplomat so‘zlariga ko‘ra, «Navalniyning kutilmagan va hayratlanarli o‘limi Rossiyada kuchaygan va tizimli repressiyalar yana bir belgisidir». U «fuqarolik jamiyatining tizimli ravishda bostirilishi», shuningdek, Rossiyada va xorijda siyosiy muxolifat repressiya qilinishidan chuqur xavotir bildirdi.
Manba: www.aniq.uz