Bolgariya hukumati iste’foga chiqdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Bolgariya bosh vaziri Nikolay Denkov parlament idorasiga hukumat iste’fosi to‘g‘risidagi arizani topshirdi.
Bu haqda Bolgariya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report».
«Bosh vazir Nikolay Denkovning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasi Xalq Assambleyasi idorasiga kiritildi», — deyiladi xabarda.
«Men Bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqish haqida ariza yozyapman, bayonot parlamentga taqdim etildi, bu siyosiy o‘yin emas, bu 2023 yil 6 iyundagi bayonotga mos keladigan pozisiya», dedi u.
Denkov o‘tgan yilning 6 iyunida bosh vazir etib saylangan va kelishuvlarga ko‘ra, u 6 mart kuni parlamentga hukumat iste’fosi haqidagi arizani taqdim etishi kerak.
Bir qator majburiy protseduralardan so‘ng uning vakolatlari Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Mariya Gabriyelga o‘tishi kerak.
Manba: www.aniq.uz