O‘zbekiston va Hindiston harbiy tadqiqotchilari o‘zaro hamkorlikni faollashtirmoqda
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
O‘zbekiston Qurolli kuchlari Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti hamda Hindiston Harbiy tarix va konfliktologiya markazi o‘rtasida harbiy ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikka oid memorandumni imzolash bo‘yicha onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo AA.
Muloqot davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda mudofaa sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, jumladan, Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti faoliyati haqida ma’lumot taqdim etildi, hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Memorandum ijrosi doirasida ikki tomonlama aloqalarni tizimli ravishda tashkil etish maqsadida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqish, delegasiyalar tashriflarini tashkil etish, boshqa hamkorlik dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Manba: www.aniq.uz