Medvedov Ukraina Rossiyaniki ekanini aytib, RFning yangi xaritasini ko‘rsatdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Dushanba kuni Sochida bo‘lib o‘tgan yoshlar festivali ishtirokchilari oldida so‘zlagan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi, sobiq prezident Dmitriy Medvedev Ukraina hududining katta qismi Rossiya, Polsha, Ruminiya va Vengriya o‘rtasida bo‘lingan xaritani taqdim etdi. Kiyev viloyatining kattaligidagi hudud «Ukraina» deb belgilangan.
“Qachonlardir Ukrainaning sobiq rahbarlaridan biri Ukraina, bu – Rossiya emas, degan edi. Ushbu konsepsiya butunlay yo‘q bo‘lishi kerak. Ukraina – so‘zsiz, Rossiya”, - dedi Medvedov.
Medvedev, shuningdek, "Dneprning ikkala qirg‘og‘idagi hudud Rossiyaning tarixiy strategik chegaralarining ajralmas qismidir", dedi.
Manba: www.aniq.uz