Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga besh soat davomida dronlar bilan hujum qildi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
6 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududi bo‘ylab dronlar bilan zarbalar berdi, deb yozadi Meduza. Ukraina qurolli kuchlari (UQK) ma’lumotlariga ko‘ra, Krasnodar o‘lkasi, Kursk viloyati va Qrimdan jami 42 ta uchuvchisiz uchar qurilma uchirilgan, ularning 38 tasi urib tushirilgan.
UQK Havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berishicha, dronlar Dnepropetrovsk, Odessa, Xerson, Xmelniskiy, Cherkassi, Xarkov, Vinnisa va Sumi viloyatlari osmonida yo‘q qilingan.
Dronlar hujumi tufayli havo trevogasi besh soat davom etgan. Sumi viloyati ma’muriyati viloyat markaziga uch marta zarba berilganini, natijada jabrlanuvchilar borligini ma’lum qildi, ammo tafsilotlarni keltirmadi.
Nashr qayd etishicha, Rossiya qo‘shinlari har kuni Ukraina hududiga zarbdor dronlar uchiradi. Harbiy ekspertlar fikricha, bunday hujumlardan maqsad, shu jumladan, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini zo‘riqtirib, qimmatli o‘qlarni dronlarga sarflashga majbur qilishdan iborat.
Manba: www.aniq.uz