Putin uchun inson hayoti muhim emas — Germaniya Tashqi ishlar vaziri
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Annalena Berbok xalqaro hamjamiyatni Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Vladimir Putinga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
"Agar biz har bir hayot birdek muhim bo‘lgan dunyoni qadrlasak, unda har birimiz Rossiyaning bosqiniga qarshi chiqishimiz kerak", — deya ta’kidladi Berbok BMT Bosh Assambleyasida.
"Putin inson hayoti uning uchun hech narsani anglatmasligini qayta-qayta isbotladi, xorijda ham, o‘z mamlakatida ham. U hatto Aleksey Navalniy xotirasiga gul qo‘ygan rossiyalik bolalarni hibsga olishdan ham tortinmaydi. Berlin kerak bo‘lganda Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki biz shafqasizlik dunyosiga qarshimiz", — deya qo‘shimcha qildi Germaniya TIV rahbari.
Manba: www.aniq.uz