softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Evropa Ittifoqi Zelenskiyning tashrifi chog‘ida Rossiyaning Odessaga bergan zarbasini “jirkanchlik” deb atadi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Evropa Ittifoqi Zelenskiyning tashrifi chog‘ida Rossiyaning Odessaga bergan zarbasini “jirkanchlik” deb atadi

Batafsil o'qish:

Evropa Ittifoqi Zelenskiyning tashrifi chog‘ida Rossiyaning Odessaga bergan zarbasini “jirkanchlik” deb atadi.

Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Volodimir Zelenskiy va Gresiya bosh vaziri Kiryakos Misotakisning tashrifi chog‘ida Rossiyaning Odessaga qilgan dahshatli hujumini keskin qoraladi.

"Bu yangi terror urinishidan hech kim qo‘rqmaydi, na Ukrainaning yetakchilari, na jasur xalqi. Biz Ukraina bilan har doimgidan ham ko‘proq birgamiz", — deya ta’kidladi u.

Avvalroq Gresiyaning Prototema gazetasi Rossiya raketasi Zelenskiy va Gresiya bosh vaziri turgan joydan 150 metr uzoqlikda qulagani haqida xabar bergan edi. Suspilne nashrining yozishicha, ular o‘sha paytda Odessa porti hududida bo‘lgan.

Ushbu hujumni Misotakis ham tasdiqladi. "Bizga juda yaqin bo‘lgan joyda sirenalar va portlashlar ovozini eshitdik. Himoyalangan joyga borishga ulgurmadik", — deya qayd etdi u. Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi Zelenskiy va Gresiya bosh vaziri u yerda uchrashayotgan vaqtda Odessa portiga hujum sodir etilganini tasdiqladi.


Manba: www.aniq.uz