softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Futbol: PFL yoshni kichraytirish masalasiga e’tibor qaratmoqda

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Futbol: PFL yoshni kichraytirish masalasiga e’tibor qaratmoqda

Batafsil o'qish:

O‘rganishlar natijasida 3 nafar futbolchining hujjatlarida tug‘ilgan yili yuzasidan tafovut borligi aniqlandi. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan Superliganing ikki klubi hamda futbolchilar bu haqda ogohlantirildi. Liga futbolchilarga muddat taqdim etib, barcha masala qonun doirasida hal etilishi lozimligi tushuntirildi, deyiladi PFL xabarida.

Qonunbuzilishini qayd etgan 2 nafar futbolchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, masalani qonun doirasida hal etdi. “Bunyodkor” klubining U19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi esa Liga tomonidan berilgan muddat ichida ishni hal qilmadi. Ayni vaqtda futbolchi “Bunyodkor” bilan birga emas. Shunga qaramay, uning boshqa klub safida ehtimoliy ro‘yxatdan o‘tishi inobatga olinib, Liga Samarqand viloyati prokuraturasiga rasmiy murojaat yo‘lladi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar sifatida xalqaro va milliy darajadagi futbol musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarning biologik yoshini sun’iy kichraytirish kabi salbiy holatlarning mavjudligi qayd etilib, bunday noxushliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

So‘nggi to‘rt yilda Liga ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchilar ro‘yxatini rasman e’lon qiladi va keyinchalik ularni o‘rganish ishlarini olib boradi.

Liga o‘rganishlari xulosasiga ko‘ra, futbolchilar ism-sharifini rasman e’lon qilmaydi va ularning kelajagi uchun qayg‘uradi. Futbolchining ota-onasi bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Shunga qaramay vaziyat hal etilmasa, tegishli organlarga rasmiy murojaatnoma yo‘llanadi.


Manba: www.aniq.uz