softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tramp: AQSh prezidenti bo‘lganimda, Ukrainada hech qachon mojaro bo‘lmasdi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Tramp: AQSh prezidenti bo‘lganimda, Ukrainada hech qachon mojaro bo‘lmasdi

Batafsil o'qish:

Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp prezidentlik davrida Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini aytdi.

“Putin bilan munosabatlarim juda yaxshi edi”, - dedi Tramp Floridada. Uning chiqishi RSBN konservativ mediakompaniyasining YouTube kanalida efirga uzatildi.

Shu bilan birga, AQShning sobiq rahbari, mamlakat prezidenti bo‘lganida, Ukrainadagi mojaro hech qachon ro‘y bermasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin o‘z mamlakatlarini yaxshi ko‘rishi va ular muvaffaqiyat qozonishini istashini ma’lum qilgandi, deb yozadi TASS.

Amerika ma’muriyatining sobiq rahbari o‘zining ommaviy chiqishlarida bir necha bor 2024 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi vaziyatni 24 soat ichida hal qilishini ta’kidlagan, biroq qanday yo‘l bilan tinchlikka erishishini oshkor qilmagan.

Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, Oq uyning amaldagi ma’muriyati o‘zining muvaffaqiyatsiz siyosati tufayli qayta saylanmasligiga ko‘zi yetib, Rossiya bilan munosabatlarni shu darajada buzmoqdaki, Tramp g‘alaba qozongan taqdirda ham, ularni qayta tiklash mumkin emas.
Manba: www.aniq.uz