softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Britaniya Ukraina g‘alaba qozonmagunicha uni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Britaniya Ukraina g‘alaba qozonmagunicha uni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Batafsil o'qish:

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Rossiyaning Ukrainaga to‘la miqyosda bostirib kirganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan “zolimlik hech qachon tantana qilmasligi”ni aytdi.

“Zolimlik hech qachon ustun chiqmasligini ko‘rsatish va biz bugun va ertaga ham Ukraina tomonida turishimizni yana bir marta ta’kidlash vaqti keldi, — deyiladi bosh vazir bayonotida. — Biz nima talab etilsa barchasini — Ukraina g‘alaba qozonmaguniga qadar — bajarishga tayyormiz”.

Shuningdek, Sunak “Ukrainaning dahshatli azoblar qarshisidagi jasorati”ni ta’kidlab o‘tib, mamlakat “biz barchamiz bog‘liq bo‘lgan ozodlik, suverenitet va qonun ustuvorligi tamoyillari”ni himoya qilayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin tumanidan agressiyaga qarshi kurashda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qat’iylikni tasdiqlashi kerak.

“Ikki yil avval Putin o‘zining noqonuniy istilosini boshlaganida ozod dunyo javob qaytarish bo‘yicha yakdil edi. Biz birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatladik. Endi esa urushning ikki yilligida biz o‘z qat’iyatimizni tasdiqlashimiz kerak”, — deya qo‘shib qo‘ydi Sunak.


Manba: www.aniq.uz