Yaponiya Rossiya-Xitoy yaqinlashuvidan qo‘rqmoqda
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Yaponiya hukumati Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi yaqinlashuvni xavotir bilan kuzatmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Yaponiya hukumati matbuot kotibi Yosimasa Xayashi brifingda bu yaqinlashuv uning mamlakati uchun ham, butun mintaqa uchun ham xavfli ekanligini aytdi. “Mamlakatimiz Xitoy-Rossiya munosabatlarining rivojlanishini diqqat bilan kuzatishda davom etadi”, dedi u.
Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Van Yi "Xitoy Rossiya bilan hamkorlik uchun yangi harakatlantiruvchi kuchlarni yaratish va do‘stlikni mustahkamlash uchun ishlashga tayyor" deb bayonot bergan edi.
Manba: www.aniq.uz