softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

NATO Rossiya bilan urush xavfi tufayli Ukrainaga qo‘shin yubormaydi — ekspert

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

NATO Rossiya bilan urush xavfi tufayli Ukrainaga qo‘shin yubormaydi — ekspert

Batafsil o'qish:

Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya bilan harbiy to‘qnashuv xavfi yuqoriligi sababli Ukrainaga qo‘shin yuborishga jur’at eta olmaydi. Bu haqda Amerika tashqi aloqalar kengashi xodimi, Barak Obamaning Yevropa bo‘yicha sobiq maslahatchisi Charlz Kupchan Germaniyaning Berliner Zeitung gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Mojaro boshlanganidan beri NATOga a’zo davlatlar ittifoq va Rossiya o‘rtasida keskinlashuv va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroning oldini olish uchun oqilona ehtiyotkorona munosabatda bo‘ldi. Shu sababdan men fransuz, polsha yoki nemis qo‘shinlarining frontga yuborilishini kutmayman”, —dedi u.

Kupchanning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga xorijiy qo‘shinlarni yuborish haqidagi bayonotlari jiddiy qabul qilinmasligi kerak.

Bundan tashqari, uning fikricha, hech qanday G‘arb qurollari, jumladan, Germaniyaning Taurus raketalari Kiyevga yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishga yordam bermaydi.

"Menimcha, Ukraina hatto Taurus raketalari, undan ham ko‘proq Leopard yoki Abrams tanklari va dronlari bo‘lsa ham, Rossiya qo‘shinlarini siqib chiqarish uchun real imkoniyatga ega emas", — deya xulosa qildi ekspert.


Manba: www.aniq.uz