softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Jinoyatchilarga Nyu-York metrosidan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Jinoyatchilarga Nyu-York metrosidan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Batafsil o'qish:

Shahar hokimligi qaroriga muvofiq, poytaxt metrosi bekatlarida o‘g‘irlik, talonchilik va hujum kabi favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.

Ayni payt yer osti yo‘nalishidagi eng gavjum “Grand Central”, “Port Authority” va “Union Square” bekatlarida pulemyotli askarlar paydo bo‘lgan.

“Anadolu” xabariga ko‘ra, metroga kiraverishda yo‘lovchilar qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilyapti. Bosh tortgan fuqaro ichkariga kiritilmasligi, o‘ta keskin harakat qilganlar esa qamoqqa olinishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi yozuv osilgan.

Shahar hokimi Keti Xochul jurnalistlarga 750 nafar Milliy gvardiya askari va 250 polisiya zobiti jinoyatchilik oshib borishiga qarshi kurash rejasi doirasida metro bekatlariga joylashtirilishini ta’kidlagan.

Shuningdek, sud tizimida bir necha jinoyat sodir etganlarga Nyu-York metrosidan foydalanishni taqiqlash huquqini beradigan qonun loyihasi ishlab chiqilganini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, hokimlik tomonidan metro xavfsizligini oshirish yuzasidan e’lon qilingan chora-tadbirlar majmuasi yanvar oyida metroda jinoyat 45 foiz oshganidan keyin amalga oshirildi.
Manba: www.aniq.uz