softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

NATO keskinlashuv yo‘lidan bormoqda

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

NATO keskinlashuv yo‘lidan bormoqda

Batafsil o'qish:

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning F-16 qiruvchilarini Ukrainaga o‘tkazish va ulardan Rossiya hududiga zarbalar berishda foydalanish haqidagi bayonotlari Shimoliy Atlantika alyansi va Moskva o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimolini oshirmoqda, deb yozdi senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram kanalida.

“NATO keskinlashuv yo‘lidan bormoqda, NATO uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfi ortib bormoqda”, - dedi u.

U, shuningdek, G‘arb frontdagi vaziyatni o‘zgartirishga astoydil harakat qilayotganini, buning uchun barcha yangi turdagi qurollarni yetkazib berayotganini ta’kidladi. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, hech qanday qurol, jumladan F-16 qiruvchilari Ukraina Qurolli Kuchlariga muvaffaqiyat keltirmaydi.

Bir kun avval Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ilk F-16 qiruvchilari bahorda Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirilishi mumkinligini aytdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, faqatgina texnik xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmaning yo‘qligi ularni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda.




Manba: www.aniq.uz