softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

RF hujum qilgan taqdirda Boltiqbo‘yi mamlakatlari uni yengishi mumkin, biroq...

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

RF hujum qilgan taqdirda Boltiqbo‘yi mamlakatlari uni yengishi mumkin, biroq...

Batafsil o'qish:

Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya hujum qilgan taqdirda g‘alaba qozonishlari mumkin. Ammo Boltiqbo‘yi shaharlari Baxmut va Avdeevkaday vayron bo‘ladi.

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “ELTA”ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi Delfi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Rossiya Boltiqbo‘yi mamlakatlariga hujum qilsa, ular tajriba va imkoniyatlardan foydalangan holda o‘zlarini himoya qilishlariga, NATOga esa javob qaytarish uchun bir necha kun kerak bo‘lishiga ishonadi.

“Oxir-oqibat, NATO g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Ammo Baxmutga qarang, Avdeevkaga qarang – Boltiqbo‘yi mamlakatlari shiddatli janglardan keyin shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi. Sizning shaharlaringiz shunday ko‘rinishga ega bo‘ladi. Chiroyli Vilnyus bo‘lmaydi”, – dedi u.

Kuleba Rossiya Federasiyasi bilan mojarodan qochishning eng arzon va xavfsiz usuli bu Rossiya agressiyasiga qarshi kurashayotgan ukrainaliklarni qo‘llab-quvvatlash ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Litva buni tushunadi, shuning uchun ham Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Boshqalar bundan qochish mumkin deb o‘ylaydi”, – dedi vazir.
Manba: www.aniq.uz