O‘zbekiston va Qatar TIV rahbarlari Dohada muzokara o‘tkazdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Tashrif bilan Doha shahriga borgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
"Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy janobi oliylari bilan bugun Doha shahrida uchrashishdan mamnunmiz", — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar rahbarlari tomonidan erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilishi ko‘rib chiqildi, kengayib borayotgan ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi muhokama qilindi va iqtisodiy hamkorlikni yanada boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tgan yilning dekabr oyi boshida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha forumida ishtirok etdi, shuningdek, Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan muzokaralar olib bordi.
Unda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, madaniy diplomatiyani mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Manba: www.aniq.uz