softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston delegasiyasini qabul qildi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston delegasiyasini qabul qildi

Batafsil o'qish:

Bugun, 11 mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasini qabul qildi.

Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegasiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan muhim ekanini, shuningdek so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Bosh vazir, dastlab, Prezident Emomali Rahmonga O‘zbekiston Yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Shuningdek, 2022 yil iyun oyida O‘zbekistonda Oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklarasiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlarimiz manfaatlariga to‘la javob berishini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.


Manba: www.aniq.uz