softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoga keladi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Britaniya tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyoga keladi

Batafsil o'qish:

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u parlament muhokamalarida gapirdi.

«Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoq va sheriklik tarmog‘imizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy Osiyo – biz ko‘proq ishlamoqchi bo‘lgan yo‘nalishlardan biri. Men u yerga borishni rejalashtirmoqdaman. U yerda biz hamkorlik qilishimiz kerak bo‘lgan sohalarni biladigan barcha bilan davra suhbati o‘tkazaman», dedi Kemeron.

Britaniya parlamentiga taqdim etilgan hisobotda mualliflar britaniyalik vazirlarning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari bilan samarasiz hamkorligini tanqid qilgan, shuningdek, mintaqada Rossiya va Xitoyning ta’siriga faolroq qarshi turishga chaqirgan.






Manba: www.aniq.uz