softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Netanyaxu ayrim arab yetakchilari uni qo‘llab-quvvatlayotganini tan oldi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Netanyaxu ayrim arab yetakchilari uni qo‘llab-quvvatlayotganini tan oldi

Batafsil o'qish:

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu yaqinda AQSh prezidenti Rafahni “qizil chiziq” deb ataganiga qaramay, G‘azo sektorining janubiy chegarasidagi Rafah shahriga bosqinni davom ettirish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda Azon global nashri yozmoqda.

“Biz u yerga boramiz. Bilasizmi, menda qizil chiziq bor. Qizil chiziq nima ekanligini bilasizmi? Bu 7 oktyabrning boshqa takrorlanmasligi. Bu boshqa hech qachon sodir bo‘lmaydi”, - deya javob berdi Netanyaxu.

Isroil bosh vaziri ismlarini aniq tilga olmagan holda bir qancha arab yetakchilarining uni qo‘llab-quvvatlashini, ular qamal ostidagi Falastinning Rafah shahriga hujumni ham so‘zsiz dastaklashini qo‘shimcha qildi.

"Ular buni tushunishadi va hatto jimgina rozi bo‘lishadi, - dedi u Axel Springer nashri bilan suhbatda. - Ular HAMAS Eron terrorchilik o‘qining bir qismi ekanligini tushunishadi”.




Manba: www.aniq.uz