softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasini shakllantirish tartibi belgilandi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasini shakllantirish tartibi belgilandi

Batafsil o'qish:

Hukumat qarori (123-son, 11.03.2024 y) bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.

O‘nga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, ularning yashash sharoitlarini baholash, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritish, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish rejasini shakllantirish hamda ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va yordamning samaradorligini monitoring qilish tartibi belgilandi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mahallalardagi ijtimoiy xodimi, patronaj hamshira va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni doimiy aniqlash ishlarini amalga oshiradi va bunday shaxslarni Reestrga kiritish bo‘yicha “Inson” markaziga so‘rovnoma kiritadi.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar quyidagi tartibda aniqlanadi:

????mahalladagi ijtimoiy xodim, patronaj hamshira va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan xizmat vazifalarini amalga oshirish, jumladan, uyma-uy yurish natijasida shakllantirilgan so‘rovnomaga asosan;

????yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuborilgan keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning qonuniy vakillarining yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan.
Manba: www.aniq.uz