softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Shvesiya NATOning barcha shartlarini bajarishni istamasligini aytdi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Shvesiya NATOning barcha shartlarini bajarishni istamasligini aytdi

Batafsil o'qish:

Shvesiya o‘z hududida NATO qo‘shinlarini joylashtirishga ruxsat beradi, biroq tinchlik davrida alyansning doimiy harbiy bazalari yoki yadro qurollarini mamlakatda joylashtirishga qarshi.

NATOga a’zolik biror davlatni o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishga majbur qilmaydi, dedi Shvesiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom.

“Biz tinchlik davrida hududimizda yadro quroli mavjud bo‘lishi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz. Bu borada Norvegiya va Daniya yo‘lidan boramiz. Sovuq urush tugaganidan beri NATOning faqat uchta davlati — AQSH, Angliya va Fransiya yadro quroliga ega”, — dedi u.

Billstryomning qo‘shimcha qilishicha, Shvesiya NATOga alyans yadroviy qurollarini joylashtirish bo‘yicha hech qanday shartlarsiz qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shvesiya 7 mart kuni rasman NATOga qo‘shildi va alyansning 32-a’zosi bo‘ldi. 11 mart kuni NATOning Bryusseldagi qarorgohi oldida mamlakat bayrog‘i ko‘tarildi.


Manba: www.aniq.uz