Ko‘plab davlatlar o‘zlarini sug‘urtalash uchun yadroviy qurol dasturlari haqida o‘ylay boshlaydi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vaziri fikr bildirdi.
"Qo‘shma Shtatlar Kiyevga harbiy va moliyaviy tomonlama yordam bermasa, ittifoqchi davlatlarning hafsalasi pir bo‘ladi va zarur vaziyatlarda Vashington yordam bera olmasligini tushunib yetadi. Bu butun dunyodagi Amerika ittifoqlari uchun chuqur oqibatlarga olib keladi. Davlatlar o‘zlarini sug‘urtalash uchun yadroviy qurolga ega bo‘lishga harakat qila boshlaydilar", — deya fikr bildirdi Radoslav Sikorskiy Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Sikorskiy ittifoqchilar Ukrainaga yordam sifatida 850 mingga yaqin snaryad yig‘ishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
Manba: www.aniq.uz