softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

Moskva: Fransiya Afrikadagi muvaffaqiyatsizliklari o‘rnini qoplamoqchi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

Moskva: Fransiya Afrikadagi muvaffaqiyatsizliklari o‘rnini qoplamoqchi

Batafsil o'qish:

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova TelegramTelegram`dagi kanalida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Moldovada mudofaa missiyasini ochish va Janubiy Kavkazda sa’y-harakatlarni faollashtirish rejalarini masxara qildi, deya yozmoqda TRT.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya prezidentining g‘ayrati Parijning Afrikadagi muvaffaqiyatsizliklarini qoplash istagi bilan bog‘liq.

“Ular nafaqat Mali, balki Afrikaning boshqa davlatlaridan ham ketishdi. <...> Bu butun dunyo uchun sharmanda bo‘ldi – boy berilgan pozisiyalar, bajarilmagan majburiyatlar», - deya ta’kidladi u Malida bo‘lgan sakkiz yil davomida fransuzlar o‘z vazifalarini bajara olmaganiga ishora qilib.

“Keyin esa Armaniston va Moldova paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra, nazariy jihatdan, siz sport zalida mushaklarini o‘ynashi ham, Rossiya chegaralari perimetri bo‘ylab razvedka faoliyati bilan shug‘ullanishi ham mumkin. Ularga Ukrainadan fransuz raketasi kelmaydigandek. Bu kulgi bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Eslatib o‘tamiz, 7 mart kuni Moldova prezidenti Sayya Sanduning Fransiyaga tashrifi chog‘ida Parijda ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.


Manba: www.aniq.uz