Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirishga oid qarorni imzoladi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Prezident tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
2024 yilda hududda jami 6,5 trln so‘mlik 421 ta investloyiha amalga oshiriladi. Banklar yordamida 86,6 nafar sub’ektni biznesga jalb qilish rejalashtirilmoqda, shundan:
1,6 mingta xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini yaratish orqali 2,9 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish uchun auksion savdolarga 19,5 ga yer maydonlari chiqariladi.
Bundan tashqari:
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturini amalga oshirish uchun Biznesni rivojlantirish bankining kredit resurslaridan 320 mlrd so‘m ajratiladi;
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mlrd so‘m ajratadi;
banklar tomonidan 60 mlrd so‘m ajratilib, ijtimoiy soliqni to‘lovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga bir yilgacha "Biznesga birinchi qadam" bank plastik kartalari orqali 5 mln so‘mdan mikroqarzlar beriladi.
Qoraqalpog‘istonda innovasion texnologiyalarga asoslangan eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi tarmoqlar bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarga "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.
Manba: www.aniq.uz