Antaliya Isroilning Bat Yam shahri bilan qardoshlikni uzdi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Turkiyaning Antaliya shahri Isroilning Tam Yam shahri bilan qardosh shahar shartnomasi bekor qildi. Turkiya Falastin uchun xalqaro boykot, sarmoyalarning qaytarilishi va sanksiyalar harakati (BDS Türkiye) tashabbusi shahar kengashi yig‘ilishida ma’qullandi, deya xabar qildi BDS Türkiye.
"BDS Türkiye murojaati bilan Antaliya hokimligi bugun bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida Bat Yam shahri bilan qardosh shahar shartnomasini bekor qildi", - deyiladi xabarda.
Shartnomani bekor qilish qarori Antaliya shahar hokimligi kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.
O‘tgan oy Adana shahar hokimligi Isroilning Beer Shva shahri bilan “qardosh shahar" shartnomasini bekor qilgan edi.
Turkiyada hozirda Izmir va Tel-Aviv, Kadiko‘y tumani va Petah Tikva munisipaliteti, Edirne va Bat Yam, Marmaris va Ashkelon o‘rtasida qardosh shahar/qardosh hokimlik shartnomalari amal qilmoqda.
BDS Türkiye hokimliklarning qaror qabul qiluvchi organlariga bosqinchi-genosidchi Isroil jinoyatlarini oqlashga xizmat qiluvchi ushbu kelishuvlarni zudlik bilan bekor qilish chaqirig‘ini takrorladi.
Manba: www.aniq.uz