HAMAS AQSh tomonidan taklif qilingan sulh rejasiga rozi bo‘ldi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Falastinning HAMAS harakati AQSh tomonidan taklif qilingan, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga rozi bo‘ldi.
Yaqin kunlarda HAMAS vakillari sulhning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilish uchun Qohiraga boradi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish uchun qo‘lga olingan asirlarning bir qismini — bolalar, ayollar va qariyalarni ozod etishi kerak bo‘ladi. AQSh tashabbusi, shuningdek, G‘azo sektoriga asta-sekinlik bilan u yerdan ko‘chirib yuborilgan falastinliklarni qaytarishni nazarda tutadi. HAMAS ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berganicha yo‘q.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi vakili Majid al-Ansoriy Al-Arabiya’ga ma’lum qilishicha, Isroil va HAMAS jangovar harakatlarni to‘xtatish va asirlarni ozod qilish haqidagi kelishuvga hali yaqin kelgani yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar ishtirokchilari Ramazon oyi oxiriga qadar kelishib olishga umid qilmoqda.
Manba: www.aniq.uz