softmedia.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish

“Bunyodkor” futbol klubi PFL murojaatiga munosabat bildirdi

Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news

“Bunyodkor” futbol klubi PFL murojaatiga munosabat bildirdi

Batafsil o'qish:

Unda “Bunyodkor” U-19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bugungi kunda yuridik tomondan klubga tegishli bo‘lmagan futbolchining ishi bo‘yicha Samarqand viloyati prokuraturasiga murojaat yo‘llangani bildirilgandi.

“Bunyodkor” futbol klubi mazkur ish bo‘yicha o‘z rasmiy saytida quyidagilarni ma’lum qilgan:

“O‘zbekiston professional futbol ligasi nazarda tutgan futbolchi 2022 yilning yanvar oyida “Bunyodkor” futbol klubi bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Ya’ni, futbolchi “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi emas, balki voha klublaridan biridan jamoamiz safiga qo‘shilgan. 2022 yilgi mavsumda “Bunyodkor” U-19 safida ro‘yxatdan o‘tgan. Mavsum davomida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bellashuvlarning 4 tasini asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 8 tasida zaxiradan qo‘shilgan. Umumiy hisobda 510 daqiqa maydonda to‘p tepgan. 2023 yilning aprel oyida jamoaning yangi bosh murabbiyi Artur Kagirovning bildirgisi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnoma bekor qilingan.

“Bunyodkor” futbol klubi futbolchilarning yoshni kichraytirish bilan bog‘liq ishlariga doimo qarshi bo‘lib kelgan va O‘zbekiston professional futbol ligasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini ma’lum qiladi”, deyiladi munosabatda.




Manba: www.aniq.uz