AQShdagi respublikachilarning 65 foizi Baydenning 2020 yildagi g‘alabasini noqonuniy deb hisobladi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Aksariyat respublikachilar tarafdorlari AQSh prezidenti Jozef Bayden 2020 yilgi saylovda noqonuniy g‘alaba qozonganiga ishonishadi.
Bu haqda Respublikachilar partiyasining praymerizlari bo‘lib o‘tgan Janubiy Karolina shtatida o‘tkazilgan birinchi exit-poll natijalariga ko‘ra «CNN» ma’lum qildi, deb yozadi «Report».
Respondentlarning 65 foizga yaqini Bayden oxirgi prezidentlik saylovlarida noqonuniy g‘alaba qozonganini bildirgan. So‘rovda qatnashganlarning atigi 32 foizi Amerikaning amaldagi rahbarining qonuniy g‘alabasiga ishonchi komil ekanini aytgan.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va uning tarafdorlari 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng ayrim shtatlarda ovozlarni qayta sanab chiqish uchun sudga bir necha bor murojaat qilgan.
Ammo respublikachilarning harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi, da’volar sudlar, jumladan AQSh Oliy sudi tomonidan rad etildi. 2021 yil 20 yanvar kuni AQShning yangi prezidenti Jozef Baydenning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Manba: www.aniq.uz