Ukraina Qo‘shma Shtatlardan xushxabar kutmoqda
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
AQSh Kongressi tomonidan yordam paketini ma’qullash bilan bog‘liq muammolar tufayli Ukraina prezidenti ofisida "umidsizlik muhiti" hukm surmoqda
Bu haqda Politico nashri manbasiga tayanib yozmoqda.
Shu bilan birga, nashr suhbatdoshi Kiyevda harbiy yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasining qabul qilinishiga umid qilishlarini bildirgan.
"Deyarli hamma yordam tez orada ajratilishiga ishonmoqda. Prezident ma’muriyati Qo‘shma Shtatlardan xushxabar kutish bilan birga, safarbarlik va harbiy rejalashtirishni yaxshilash ustida ishlamoqda", — deya ma’lum qilgan insayder.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi Ukraina, Isroil va Tayvanga 95,34 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ovozga qo‘ymasdan 28 fevralgacha ta’tilga chiqib ketgan. Kongressning Vakillar palatasi respublikachilar tomonidan nazorat qilinadi va ular bu tashabbusni tasdiqlash evaziga Qo‘shma Shtatlarning Meksika bilan chegarasini mustahkamlash talabini ilgari surishmoqda. Biroq, prezident Bayden ma’muriyati bu talabni amalga oshirilishiga rozi bo‘lmayapti.
Manba: www.aniq.uz