Afrika davlatlari Nigerga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Niger mamlakatiga qarshi kiritilgan barcha sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Mazkur qaror Abujada bo‘lib o‘tgan favqulodda hamjamiyat sammitida ma’qullandi.
G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati 2023 yilning iyul oyi oxirida prezident Muhammad Bazoumni hokimiyatdan chetlatgan Prezident gvardiyasining bir guruh harbiy a’zolari Nigerda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng siyosiy, iqtisodiy va savdo sanksiyalarini joriy qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Niger hukumatidan mamlakat tashkilotni tark etayotgani haqida rasmiy xabar olgan edi.
Manba: www.aniq.uz