Putin NATOga hujum qilishi mumkin, buni istisno qilib bo‘lmaydi - Jonson
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning fikricha, Putin prezidentligi paytida Rossiya NATOga a’zo davlatlarga hujum qilishiga ishonadi. U bu haqda “Evropeyskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytgan.
“Ha, u (Putin – tahr.) hujum qilishi mumkin. Men buni istisno qilib bo‘lmaydi, deb o‘ylayman “, – dedi Jonson.
Shu asnoda, u, xususan, Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan suhbatini esladi.
“Masalan, uning vahimali intervyusida Polsha haqida gapirgani menga yoqmadi. Va men ishonamanki, u shunga o‘xshash narsani qilishga harakat qilishi mumkin “, – deya qayd etadi Jonson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin Ukrainada muvaffaqiyat qozonsa, Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish ehtimoli ortadi.
“Shuning uchun u muvaffaqiyatga erishmasligi kerak. U mag‘lubiyatga uchrashi kerak “, – dedi Jonson.
Manba: www.aniq.uz